36 onlayn
UZ RU EN

“Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida”

27.08.2026 10:30 53 marta ko'rildi

⚡️"Yoshlar kuni" doirasida “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” mavzusida Tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'linmasi rahbari N.Xurxonova va yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

📌Uchrashuv davomida yoshlarning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Rahbar tomonidan yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?