11 onlayn
UZ RU EN

“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko'rik tanlovi

23.09.2026 09:20 19 marta ko'rildi

⚡️Jalaquduq tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Maqsadxon Mamatova soha xodimlarining kasbiy mahoratini namoyon etishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” tanlovida munosib ishtirok etdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini tashkil etish borasidagi tajribalari hamda ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar.

📌Maqsadxon Mamatovaning ushbu tanlovda ishtirok etgani uning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va sohadagi yangiliklardan boxabar bo‘lishida muhim tajriba bo‘ldi.

✨ Jalaquduq tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi Maqsadxon Mamatovaga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaydi!

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?